1K+
Downloads
Content rating
Everyone
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image

About this app

Tutor App - talaba turar joylarida xavfsizlikni nazorat qilish va tezkor ogohlantirishlar berish uchun mo‘ljallangan qulay yordamchi. Ilova orqali talabalar yashab turgan uydagi gaz plitasi, qozon (kotel), tutun yo‘li (mori), ventilyatsiya va boshqa qurilmalar holatini suratga olib yuboradi. Tutor esa rasm asosida baho beradi: “yaxshi”, “e’tibor kerak” yoki “rasmni qayta oling”, shuningdek, xavfsizlik bo‘yicha qisqa tavsiyalarni bildiradi.

Nima uchun foydali?
Xavfsizlik: gaz sizishi, yong‘in xavfi, noto‘g‘ri ulanish va berk mori kabi holatlarni erta aniqlashga yordam beradi.

Mas'uliyat: Talabada tartib va xavfsizlik madaniyatini shakllantiradi.

Tezkor aloqa: Tutor bilan bir ilovada muloqot, izoh va fikr-mulohazalar.

Asosiy imkoniyatlar
📸 Foto yuborish: Gaz plita, qozon, mori, rozetka, ventilyatsiya va boshqalar holatini suratga oling.

✅ Baholash va izoh: Tutor rasmga qarab “yaxshi/yomon” yoki “qayta oling” belgilaydi, sababi yoziladi.

🔔 Ogohlantirishlar: Xavfsizlikka oid eslatmalar, profilaktika va tekshiruv bildirishnomalari.

🗂️ Tarix: Yuborilgan rasmlar va javoblar arxivi - oson kuzatish va hisobot.

🏷️ Toifalar: Qurilma turi bo‘yicha tasnif: gaz plita, qozon (kotel), mori, ventilyatsiya va h.k.

💬 Qisqa tavsiyalar: Oddiy, tushunarli ko‘rsatmalar orqali xatoni tez tuzatish.

Qanday ishlaydi?
Qurilma turini tanlang.

Xonadagi holatni aniq ko‘rinadigan qilib suratga oling.

Rasmni yuboring va tutor javobini kuting.

Kerak bo'lsa, tavsiyaga ko'ra rasmni yangilang yoki muammoni bartaraf qiling.

Mas'uliyatli foydalanish
Ilova maslahat xususiyatiga ega: xavf aniqlansa, mutaxassisga murojaat qiling va favqulodda vaziyatlarda tegishli xizmatlarni chaqiring.

Shaxsiy ma'lumotlar va suratlar faqat tekshiruv va xavfsizlik maqsadida qo'llaniladi.

Kimlar uchun?
Talabalar va ularning xonadoshlari

TTJ/TMJ ma’muriyati va mas’ul tutorlar

Ijarada yashaydigan talaba-yondoshlar

Tutor App bilan turar joyingizda xavfsizlikni oddiy qadamlar bilan mustahkamlang: holatni suratga oling, javobni oling va tavsiyani bajaring. Xavfsizlik - hammaning ishi!
Updated on
Oct 16, 2025

Data safety

Safety starts with understanding how developers collect and share your data. Data privacy and security practices may vary based on your use, region, and age. The developer provided this information and may update it over time.
No data shared with third parties
Learn more about how developers declare sharing
No data collected
Learn more about how developers declare collection