Atomika - O'zbekistondagi ilk tibbiyot, kimyo va biologiya fanlari oliy ta'lim muassasalariga kirmoqchi bo'lgan, Milliy Sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko'rayotgan abituriyentlar, maktab o'quvchilari va o'qituvchilar uchun kimyo va biologiyadan onlayn tayyorgarlik platformasi.
📚 TIZIMLI DASTUR
Kimyo va biologiyaning to'liq kursi qisqa mavzularga bo'lingan. Har bir mavzuda - videodars, konspekt va amaliyot. Nima o'tilgani va keyin nima kelishi doim ko'rinib turadi.
📜 MILLIY CERTIFIKAT
Boshlang'ich kursini tugatgan va boshlang'ich bilimga ega barcha o'quvchilar, abituriyentlar va ustozlar uchun maxsus MILLIY SERTIFIKAT kurslari mavjud. Bu orqali foydalanuvchilar imtihondan A+ darajani qo’lga kiritishlari juda ham oson!
🎥VIDEODARSLAR
Yuqori sifatda yozilgan unikal darslar - o’quvchini juda qiyin bo’lgan mavzularni ham oson ravishda tushunishini ta’minlaydi.
✅ TESTLAR
Har mavzudan keyin testlardan o'ting! Faqat baho emas - qayerda xato qilinganini bilib tahlil qiling.
📊 NAZORAT
O'tilgan mavzular va hamma natijalar ko'rinadi. Ota-onalar va'daga emas, aniq raqamlarga qaraydi.
⭐️ ATOMS - RAG'BAT TIZIMI
Bajarilgan vazifalar va faollik uchun ATOMS to'planadi. Ularni obunaga chegirma va boshqa sovg'alarga almashtirish mumkin.
🇺🇿 O'ZBEK VA RUS TILLARIDA
Barcha materiallar ikki tilda. O'zingizga qulay tilni tanlang.
O'zbekistondagi BIRINCHI kimyo va biologiya onlayn platformasi