Bosvor — avtomobil ijarasini qulay, tez va ishonchli amalga oshirishga yordam beruvchi platforma.
Ilova orqali foydalanuvchilar o‘zlariga mos avtomobilni topishi, ijara shartlari bilan tanishishi va safar uchun qulay variantni tanlashi mumkin. Bosvor ilovasi avtomobil egalari va ijaraga oluvchilarni bir platformada birlashtiradi.
Bosvor ilovasida siz:
— joylashuv bo‘yicha avtomobillarni ko‘rishingiz;
— turli klassdagi avtomobillarni solishtirishingiz;
— avtomobil fotosuratlari, narxi va asosiy ma’lumotlari bilan tanishishingiz;
— ijara shartlari va mavjud variantlarni ko‘rib chiqishingiz;
— avtomobil egasi bilan kelishuv jarayonini qulay boshlashingiz;
— ijarani rasmiylashtirish jarayonini ilova orqali online amalga oshirishingiz mumkin.
Bosvor ilovasi avtomobil ijarasi jarayonini imkon qadar soddalashtiradi. Tanlash, kelishish va rasmiylashtirish bosqichlarining barcha qismi online amalga oshiriladi, shu sababli foydalanuvchi ortiqcha qog‘ozbozlik va keraksiz vaqt sarfining oldini oladi..
Kimlar uchun mos?
Bosvor ilovasi kundalik yurish, ish safari, oilaviy sayohat, shahar ichida harakatlanish yoki vaqtinchalik avtomobil kerak bo‘lgan holatlar uchun qulay yechimdir.
Avtomobil egalari uchun:
Bo‘sh turgan avtomobilingizdan daromad olishni xohlaysizmi? Bosvor ilovasi orqali avtomobilingizni platformaga joylashtirib, uni ijaraga berish imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin.
Bosvor platformasi avtomobil egalari uchun ham jarayonni qulaylashtiradi: avtomobilni joylashtirish, ma’lumotlarni ko‘rsatish, foydalanuvchilar bilan kelishish va ijara jarayonini boshqarish ilova orqali amalga oshiriladi.
Eslatma: Bosvor ilovasi avtomobil egasi emas, balki avtomobil egalari va ijaraga oluvchilarni bog‘lovchi platforma hisoblanadi. Ijara shartlari avtomobil egasi va foydalanuvchi o‘rtasida kelishiladi.
Mashina ijarasi endi oson — Bosvor bilan qulay tanlang.