Yo'ldosh — shahar bo'ylab harakatlanadigan kishilar uchun qulay ilova. U kuningiz davomida qancha yo'l bosib o'tganingizni hisoblaydi va uni transport turlari bo'yicha ajratib ko'rsatadi, shuningdek avtobus, taksi, temir yo'l va turizm xizmatlarini bir joyga jamlaydi.
ASOSIY IMKONIYATLAR
• Kunlik masofa hisobi. Ilova telefoningizning GPS ma'lumotlari asosida bosib o'tgan masofangizni hisoblaydi va uni piyoda, velosiped, avtobus hamda mashina bo'yicha alohida ko'rsatadi.
• Faollik statistikasi. Oxirgi 7, 30 va 90 kun bo'yicha jami masofa, kunlik o'rtacha, faol kunlar va eng faol kunni ko'ring, transport turlari ulushini solishtiring.
• Harakat bo'yicha tavsiyalar. Takrorlanadigan yo'nalishlaringizga qarab ilova avtobusdan foydalanish yoki qisqa masofani piyoda bosib o'tish qancha pul, vaqt va energiya tejashini taxminiy hisoblab beradi.
• Avtobuslar qayerda? Avtobus bekatlarini va bekatga kelayotgan avtobuslarni xaritada jonli kuzating.
• Taksi, temir yo'l va turizm. Taksi xizmatlari, temir yo'l ma'lumotlari va tabiat maskanlari haqidagi ma'lumotni bir ilovada toping.
• Yo'ldosh va mashina topish. Safarga hamroh yoki yo'lovchi izlash va e'lon berish imkoniyati.
• Xabarlar. Foydalanuvchilar va qo'llab-quvvatlash xizmati bilan ilova ichida yozishingiz mumkin.
JOYLASHUV MA'LUMOTLARI HAQIDA
Masofani hisoblash uchun ilova joylashuvingizdan foydalanadi. Bu ishlashi uchun ilova ochiq bo'lmaganda ham fonda ishlaydigan xizmat yoqiladi va u holda telefon holat panelida bildirishnoma ko'rinib turadi. Joylashuv ruxsatini istalgan vaqtda telefon sozlamalaridan o'chirishingiz mumkin; bunda masofa hisoblanmaydi. Hisob-kitoblar (tejash, vaqt va energiya) taxminiy ma'lumot bo'lib, haqiqiy natijadan farq qilishi mumkin.
Fikr va shikoyatlaringizni ilovadagi "Taklif va shikoyat yuborish" bo'limi orqali yuborishingiz mumkin.
Kunlik masofangiz, avtobus, taksi va shahar xizmatlari bir ilovada