O‘zbek tili gastronimlarining terminologik izohli lug‘ati — gastronomik atamalar bo‘yicha birinchi elektron lug‘at.
Loyiha maqsadi: O‘zbek tili gastronomik terminologiyasidagi o‘z va o‘zlashma so‘zlar (o‘zlashib borayotgan neologizmlar) hamda shevaga oid gastronomik birliklarni elektron izohli lug‘at ko‘rinishida yig‘ish va taqdim etish.
Imkoniyatlar:
O‘zbek gastronimlarining to‘liq terminologik izohlari
Morfologik, semantik va sintaktik razmetkalangan ma’lumotlar bazasi
Tezkor qidiruv va qulay foydalanish
Internet orqali doimiy yangilanishlar
Kimlar uchun: Filologlar, jurnalistlar, tarjimonlar, o‘qituvchilar, oliygoh talabalari, maktab o‘quvchilari va so‘z bilan ishlaydigan barcha mutaxassislar uchun qulay vosita. Vaqt tejash va aniq ma’lumot olish imkoniyati.
O‘zbek tilining leksik boyligini gastronomik atamalar orqali o‘rganing.
O‘zbek tili gastronimlarining terminologik izohli lug‘ati