HUMO PAY - HUMO kartalaringizni qulay boshqarish uchun mo‘ljallangan mobil ilova. Xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshiring, pul o‘tkazing, xarajatlarni kuzating va kartalaringizni bitta ilovada boshqaring. Barcha zarur moliyaviy xizmatlar tez, qulay va xavfsiz tarzda taqdim etiladi.
Ilova imkoniyatlari:
• Ro‘yxatdan o‘tish va xavfsiz kirish;
• HUMO kartalarini bir necha soniyada bog‘lash;
• HUMO kartalari va boshqa bank kartalari o‘rtasida o‘tkazmalar;
• 1000 dan ortiq xizmatlar uchun to‘lov;
• Android qurilmalarida NFC orqali kontaktsiz to‘lov;
• HUMO kartalari bo‘yicha bepul operatsiyalar tarixi, shu jumladan ilovadan tashqarida amalga oshirilgan operatsiyalar;
• Daromad va xarajatlar tahlili;
• Kartalarni boshqarish: bloklash, blokdan chiqarish va PIN-kodni almashtirish;
• Karta rekvizitlarini ko‘rish;
• Virtual kartalarni chiqarish;
• Tezkor kartalarni faollashtirish;
• Amalga oshirilgan operatsiyalar haqida bildirishnomalar olish;
• Kartalar va mablag‘larni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar;
• Firibgarlikdan himoya qilishning zamonaviy texnologiyalari.
Biz HUMO PAY’ni doimiy ravishda rivojlantirib, moliyangizni boshqarish yanada qulay bo‘lishi uchun yangi imkoniyatlar qo‘shmoqdamiz va xizmatni takomillashtirmoqdamiz. HUMO raqamli ekotizimiga xush kelibsiz!
HUMO kartalaringiz bilan to‘lang, pul o‘tkazing va xarajatlaringizni boshqaring