Ming bir fatvo

Contains ads
1K+
Downloads
Content rating
Teen
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image

About this app

Ming bir fatvo
1-2-qism
Musanniflar:
Shamsiddinxon BOBOXON
Shayx Abdulaziz MANSUR
«O‘zbekiston milliy endiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
Toshkent - 2005
Bizga va minglab shogirdlariga fiqh va fatvo ilmidan saboq bergan ustozlarimiz muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon va Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlarining ruhi poklari va porloq xotiralariga bag‘ishlanadi.

Alloh taologa beadad hamdu sano va benihoya shukrlar aytamizki, yurtimiz musulmonlari muqaddas islom dini ta’limoti bilan mukammal tanisha borish baxtiga musharraf bo‘ldilar. Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri, hadisi shariflarning bir necha xil to‘plamlari, fiqhiy kitoblar, axloq-odobga doir asarlar, tasavvuf va uning tariqatlariga bag‘ishlangan buyuk ajdodlarimizning adabiy meroslari o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Ixlosmand xalqimiz ulardan to‘la bahramand bo‘lib kelmoqda.
Lekin ularning ko‘pchiligi, ayniqsa ibodat va musulmonchilik talablarini bajarishga kechroq kirishgan kishilar tahorat, namoz, ro‘za, zakot, nikoh, taloq, tijorat, foiz, halolharom, gunoh-savobga o‘xshash ko‘pgina shar’iy masalalar bo‘yicha hamon mukammal ma’lumotga ega emasliklarini bildirishda davom etmoqdalar. Ular qayerda ozmi-ko‘pmi, diniy ma’lumotga ega bo‘lgan zotlarni uchratsalar, albatta, ulardan mazkur mavzularga doir biror savol so‘ramasdan qo‘ymaydilar. Masala so‘ralgan zot ishonish, puxta javob bergan bo‘lsa-ku, yaxshi. Ammo ko‘p hollarda asossiz, noto‘g‘ri javob berishlar natijasida shariat ko‘rsatmalar xalqimiz tomonidan xato va nuqson bilan bajarishi, o‘rtalarida ixtilof va nizolar paydo bo‘lishi ham kuzatilmoqda.
Shularni nazarda tutib, eng so‘nggi ustozim — doktor Shamsiddinxon ibn Ziyovuddinxon hazratlari bilan birgalikda ushbu fatvolar to‘plamini tasnif etishga kirishgan edik. Lekin ming taassufki, to‘plamni yozishga qattiq kirishib, ijod qilayotgan qizg‘in bir pallada ustoz nogoh boqiy dunyoga rihlat qildilar (Alloh joylarini jannotun-naimdan qilsin!) Motamsaro kayfiyat ishning ancha to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi. Kutilmagan judolik ustozning barcha yaqinlari va qarindoshlarini karaxt holatga solgan edi. Lekin taqdiri azal va qazoyu qadarga taslim qilishdan o‘zga choramiz yo‘q. Bu foniy dunyoga hammamiz ham omonat.
Binobarin, yaxshi niyatlar bilan boshlagan xayrli ishimizni oxiriga yetkazishga kamina azmu qaror qildim. Shoyad, bundan ustoz ruhi ham shod bo‘lsa. Bu xususda ustozning ma’rifatparvar osha a’zolari menga yaqindan yordam berishdi va berishmoqda. Ustozning boy kutubxonasidagi diniy asarlardan o‘zlari bilan birgalikda oldin qanday foydalanib kelgan bo‘lsak, oila a’zolarining kaminaga nisbatan ishonch va ehtiromlari tufayli hozir ham kerakli manbalardan keragicha foydalanib kelmoqdaman. Buning uchun ularga behad minnatdorchilik bildiraman.
Updated on
Oct 20, 2023

Data safety

Safety starts with understanding how developers collect and share your data. Data privacy and security practices may vary based on your use, region, and age. The developer provided this information and may update it over time.
No data shared with third parties
Learn more about how developers declare sharing
This app may collect these data types
Location and Device or other IDs
Data is encrypted in transit
Data can’t be deleted

What’s new

Ming bir fatvo kitobi 1-2-qism