Sardor Mamadaliyev yoshligidan musiqaga qiziqqan va xalqona hamda lirik uslubdagi qoʻshiqlari bilan tanilgan. Uning ilk qoʻshiqlaridan biri “Devonaman” boʻlib, aynan shu ijod namunasi orqali muxlislar eʼtiborini qozongan. Keyinchalik “Yigʻlatma”, “Begonalarmiz”, “Sen ketding”, “Bir kecha”, “Dada”, “Karvon”, “Toʻylar muborak” kabi qoʻshiqlari bilan yanada mashhur boʻldi.