Dicta ā uchrashuvlar uchun yagona platforma. Onlayn qo'ng'iroq o'tkazing, jonli suhbatni yozib oling yoki tayyor faylni yuklang. Transkript, AI xulosa va vazifalarni Dicta o'zi tayyorlab beradi.
UCHRASHUVNI YOZIB OLISHNING BESH YO'LI
⢠Onlayn uchrashuv ā Dicta Meet xonasini oching va havolani ulashing
⢠Jonli uchrashuv ā telefonni stol ustiga qo'ying, bitta mikrofon bir necha ishtirokchini yozadi
⢠Davra suhbati ā har kim o'z telefonida yozadi, Dicta hammasini bitta transkriptga birlashtiradi
⢠Notetaker ā o'zingiz o'rningizga bot yuboring, u boshqa video-konferensiya xizmatlaridagi qo'ng'iroqqa qo'shiladi
⢠Fayl yuklash ā tayyor audio yoki videoni yuklang, transkript va xulosa oling
ONLAYN UCHRASHUVLAR
Ekranni ulashish, chat va fayl yuborish, reaksiyalar, qo'l ko'tarish, virtual fon va fonni xiralashtirish. Mehmonlar akkauntsiz qo'shila oladi ā o'rnatish ham, vaqt cheklovi ham yo'q.
TRANSKRIPT ā O'ZBEK, RUS VA INGLIZ TILLARIDA
Dicta nutqni yuqori aniqlikda matnga aylantiradi. O'zbek va rus tillari aralash gapiriladigan uchrashuvlar uchun alohida rejim bor.
So'zlovchilar avtomatik ajratiladi. Ovoz profilini bir marta yozib qo'ysangiz, Dicta keyingi uchrashuvlarda ham ovozdan kimligini o'zi taniydi.
1 SOATLIK UCHRASHUV ā 2 DAQIQADA
Uchrashuv tugagach AI xulosa tayyor bo'ladi: qabul qilingan qarorlar, muhokama qilingan mavzular va bajarilishi kerak bo'lgan vazifalar. Vazifalarni ilovada belgilang yoki jamoangiz ishlatadigan tizimga yuboring.
QIDIRING VA O'SHA LAHZAGA O'TING
Barcha uchrashuvlar, transkriptlar va xulosalar bitta joyda. So'z bo'yicha qidiring ā bosing va yozuvning aynan o'sha lahzasidan tinglang. Teglar bilan tartibga soling, xulosani havola orqali ulashing.
MA'LUMOTLARINGIZ O'ZBEKISTONDA QOLADI
Uchrashuv serverlarimiz TAS-IX tarmog'ida joylashgan. Bu ā tezroq va barqaror aloqa, hamda ma'lumotlaringiz mamlakat ichida qolishi demak.
JAMOA UCHUN
Ish maydoni yarating, hamkasblarni email orqali taklif qiling, rollarni belgilang va kim qaysi uchrashuvni ko'rishini o'zingiz nazorat qiling. Xulosalarni Telegram orqali ham olishingiz mumkin.
BEPUL BOSHLANG
Dicta bepul rejadan boshlanadi ā karta talab qilinmaydi. Ko'proq daqiqa va xotira kerak bo'lganda Pro yoki Business tarifiga o'ting yoki bir martalik daqiqa paketini oling. Obuna butun ish maydoni uchun ishlaydi.
Dicta majlis va yig'ilishlarni yozib oladi, ovozni matnga aylantiradi, konferensiya qo'ng'iroqlaridan xulosa va vazifalar tayyorlaydi ā diktofon, transkripsiya va uchrashuv daftari bitta ilovada.
ā
Maxfiylik siyosati: https://dicta.uz/privacy
Foydalanish shartlari: https://dicta.uz/terms
Yordam: https://dicta.uz/support
Dicta ā uchrashuvlar uchun yagona platforma