Rayhon G`aniyeva (1978-yil 16-sentabr kuni tug`ilgan) — shunchaki Rayhon o`laroq ma`lum o`zbek qo`shiqchisi, bastakori, aktrisasi va rejissori. Rayhon 2002-yil „Baxtli bo`laman“ qo`shig`i bilan O`zbekistonda shuhrat qozongan. U ham o`zbek, ham rus tillarida qo`shiq kuylaydi.
Rayhon o`zbek kino san`atida 2007-yilgi „Kechir“ dramasidagi roli bilan shuhrat qozondi. Uning rolini tanqidchilar ham, kino ishqibozlari ham yaxshi kutib olishdi. Rayhon mazkur filming ssenariysini yozgan va unga rejissorlik qilgan. Ammo undan keyingi yillarda Rayhon birorta ham filmda yirik rol o`ynamadi.