Taaam Core — jamoa uchun vazifa belgilash va ularning bajarilishini nazorat qilishga mo'ljallangan sodda va qulay ilova.
Ilova yordamida rahbar yoki mas'ul shaxs kunlik va haftalik vazifalarni belgilaydi, ularni ijrochilarga biriktiradi va har bir topshiriqning holatini real vaqt rejimida kuzatib boradi. Xodim esa o'ziga berilgan vazifalarni ko'radi, qabul qiladi va bajarilganini belgilaydi.
Vazifalarni belgilang va bajarilishini bir joydan nazorat qiling.