Faoliyat va futbolni sevuvchilar uchun o'yin!
Bir necha daqiqa bo'sh vaqtingiz paydo bo’ldimi? Unda telefoningizni o'zidayoq makkor to'siqlarni chetlab o'tib va yo'lingizda chiqadigan futbol to'plarini yig'ib qiziqarli estafetada qatnashing.
Yorqin grafika, qulay boshqaruv, dinamik musiqiy va ovoz effektlari sizni osonlik bilan ajralib bo'lmaydigan ranner-o'yiniga sho’ng’itadi.
Yo'lingizda uchraydigan barcha futbol to'plarini teping va yo'lingizni to'sib qo'ygan to'siqlar va raqiblarni chetlab o'ting!
Football: Kick & Run diqqatni va reaktsiyani mukammal darajada rivojlantiradi, dam oldiradi va kundalik ishlardan chalg'itadi.
Qanday o'ynash kerak:
- Personajni boshqarish uchun barmog'ingizni ekrandan olmang va sizga kerak bo'lgan yo'nalishda harakatlantirib, uni chapga va o'ngga yurgazing.
- Yo'lingizda uchraydigan to'plarni tepib hamda yo'lni to'sib qo'ygan to'siqlar va raqiblardan chetlab o'tib yo'l bo'ylab oldinga yuguring.
- Agar siz to'siqni chetlab o'ta olmasangiz yoki uchta to'pni o'tkazib yuborsangiz, o'yin yakunlanadi.
- O'yinchingizni skinlarini o'zgartiring va bustlar bilan foydalanishni unutmang.
- O'yinda bitta sessiyada maksimal miqdorda ball to'plashga harakat qiling.
- Tanlovlarda ishtirok eting va qimmatbaho sovrinlarni yutib oling.
- MUHIM! Toplangan ballar o'yin sessiyasi tugagandan keyingina liderbordga kiritiladi.
O'yin xususiyatlari:
- Yorqin grafika;
- Jonli musiqa va qiziqarli ovoz effektlari;
- Qiziqarli tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati;
- Offlayn rejimida oʻynash imkoniyati, ammo liderbordga ballar faqat onlayn-rejimida oʻynaganingizdagina qo’shiladi;
- Mutlaqo bepul o’yin;
- Agar siz mag'lub bo'lmasangiz, o'yin cheksizdir.
O'zingizni sinab ko'ring - futbol-rannerda imkon qadar ko’p vaqt ushlanib turishga harakat qiling, rekord miqdordagi ball to'plang va ajoyib sovrinlar tanlovida omadingizni sinab ko'ring!