MyZon – Futbol maydonlarini bron qilish endi yanada oson!
MyZon – bu O‘zbekistondagi futbol maydonlarini qidirish, tekshirish va bron qilish uchun mo‘ljallangan zamonaviy mobil ilova. Endi telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, maydon bandmi yoki yo‘qmi deb so‘rash shart emas – MyZon ilovasi orqali siz barcha jarayonlarni bir zumda bajarasiz!
Asosiy funksiyalar:
1. Yaqin atrofdagi maydonlarni toping
- Joylashuvingiz asosida sizga eng yaqin futbol maydonlarini ko‘rishingiz mumkin.
2. Real vaqt rejimidagi mavjudlik
- Har bir maydonning bo‘sh va band vaqtlarini ilovada ko‘rib, eng qulay vaqtni tanlang.
3. Bron qilish – bir necha soniyada!
- Futbol o‘yinlari, turnirlar yoki do‘stlar bilan mashg‘ulotlar uchun maydonni tez va oson band qiling.
4. Jamoaviy o‘yinlar uchun qulaylik
-Jamoangizni to'plang, vaqtni rejalashtiring va barcha jarayonni boshqaring.
5. Ishonchli va xavfsiz
- Foydalanuvchi ma’lumotlari xavfsiz saqlanadi. Ma’lumotlaringiz hech qachon ulashilmaydi.
6. Profil va bron tarixini boshqarish
- Bronlar tarixini kuzatib boring, o‘zgartirishlar kiritish va boshqarish tushunarli va oson.
Nega aynan MyZon ?
- Faqat O‘zbekistondagi maydonlar uchun maxsus ishlab chiqilgan
- Foydalanishga juda oddiy va qulay interfeys
- Ortiqcha harajatlarsiz bron qilish imkoniyati
- Foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari asosida doimiy yangilanishlar
Hoziroq yuklab oling va maydon bron qilishdagi muammolarni unuting!
MyZon ilovasi sizni va jamoangizni kerakli vaqtda kerakli joyda futbol o‘ynash bilan ta’minlaydi. Sportni sevuvchilar uchun eng yaxshi yordamchi – MyZon !
MyZon – O‘yin vaqti keldi!