Assalom Aleykum!
Ushbu dastur "4000 Essential English Words" kitobi asosida yaratilgan bo'lib sizga Ingliz tilini o'rganishingizda yordamchi vosita bo'lib xizmat qiladi. Ushbu ilova orqali siz quyidagilarni amalga oshira olasiz:
— Inglizcha - O'zbekcha lug'at yodlash
— So'zlar qanday talaffuz qilinishini eshitish
— Har bir so'zga hayotiy misollarni ko'rish
— So'zlar asosida tuzilgan hikoya bilan mashq qilish
— Bir to'plamga oid istalgan unitlarni tanlab test topshiriqlarini bajarish
* Bundan tashqari dastur siz ko'p xato qilgan so'zlarni "eslab qoladi" va test tuzish vaqtida shu so'zlarni ko'proq testga qo'shish orqali aynan yodlashingiz kerak bo'lgan so'zga urg'u beradi
Ingliz tilini o‘rganayotgan barcha foydalanuvchilarga muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizning ilovamiz bilan "4000 Essential English Words"dagi so'zlarni yodlang