AI Chat — bu zamonaviy sun’iy intellekt asosida ishlaydigan aqlli chat ilova bo‘lib, u foydalanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati, shuningdek “Tadbirkorlikni Rivojlantirish Kompaniyasi” faoliyati va tadbirkorlar uchun imkoniyatlari bo‘yicha savollarga tez, aniq va tushunarli javoblar taqdim etadi.
Ilova, shuningdek, matnlar yozish va tahrirlash, ma’lumotlarni tushunarli shaklda izohlash, bilim olish va o‘rganish, kundalik ish jarayonlarini soddalashtirish uchun qulay va ishonchli yordamchi hisoblanadi.