Қуръони Карим (сўзма-сўз)

4,6
4,68 ming ta sharh
1 mln+
Yuklanmalar
Yoshga oid cheklov
Hamma uchun
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot
Skrinshot

Bu ilova haqida

Қуръони каримнинг ўзбек тилидаги маъноларини электрон “сўзма-сўз” таржимасидан баҳраманд бўлинг!

Алҳамдулиллаҳ, охирги йилларда халқимиз Қуръони карим, ҳадиси шариф, фиқҳ каби диний илмларга қизиқиши ортиб бормоқда. Халқимизда соф Ислом динимиз таълимотларини ўрганишга бўлган қизиқиш зиёдалашгани аломатларини айни дамда китоб дўконларимизда сотиб олинаётган адабиётлар ҳажмидан, уламоларимизга берилаётган динимизга оид саволларнинг ортганидан ҳам билса бўлади. Шунингдек Қуръони карим ва ҳадиси шариф бўйича мамлакатимизда ўтказилаётган турли мусобақа ва тадбирлар ҳам юрдошларимизнинг миллий, маънавий ва диний илдизларимизга эҳтироми ва эҳтимоми сабабидан экани хайрлидир, албатта. Ушбулардан келиб чиқиб, биз ҳам ожизона уринишларимиз ила сиз азизларга Қуръони каримнинг ўзбек тилидаги маъноларини электрон “сўзма-сўз” таржимасини тайёрлаб тақдим этишга жазм қилдик.
Ҳозирда Фотиҳа, Бақара ва Оли Имрон сураларини тайёрладик. Дуоларингизда эслаб туришингизни ўтинган ҳолда, қолган қисмларини ҳам тайёрлаб, сиз азизларга тақдим қилиш ҳаракатидамиз. Ушбу таржимамизга шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳнинг “Қуръони карим ва ўзбек тилидаги маънолари таржимаси” китобларини асос қилиб олдик.
Oxirgi yangilanish
22-mar, 2024

Maʼlumotlar xavfsizligi

Xavfsizlik — dastur ishlab chiquvchilar maʼlumotlaringizni qanday jamlashi va ulashishini tushinishdan boshlanadi. Maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizlik amaliyotlari ilovadan foydalanish, hudud va yoshga qarab farq qilishi mumkin. Bu axborot dastur ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan va keyinchalik yangilanishi mumkin.
Tashqi hamkorlarga hech qanday axborot ulashilmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot ulashilishini qanday aytishi haqida batafsil
Hech qanday maʼlumot jamlanmagan
Dastur ishlab chiquvchilar axborot jamlanishini qanday aytishi haqida batafsil

Reytinglar va sharhlar

4,6
4,58 ming ta sharh
HabibulloH Maksudov
24-aprel, 2024
Assalomu alaykum bu ilovada audiosi yoʻq ekanda bir tomonda eshitib ham oʻqib yodlab olamiz degandik tarjimalari zoʻr ekan arab alifbosidamas oyatlar krill yoki lotin alifbosida yozilsada audiosi ham tarjimasi ham boʻlsa oʻqib eshitib yodlashga juda qulay boʻlardi
2 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
Hilol Nashr nashriyoti
24-aprel, 2024
Va alaykum assalom. Biz sizga Qurʼoni Karimning audiosi va ma'no tarjimasi joylangan "Tafsiri Hilol" dasturimizni tavsiya qilamiz. ☺️
Rayyona
22-mart, 2024
Menga juda katta yordami tekyapti . Qurʼon yodlashda osonliklarga va eng muhimi tarjimalariga ega boʻldim. Sizlarga katta rahmat🌠🌠
54 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
Mo'minaxon Ismatxojayeva
5-aprel, 2024
umringizga olloh baraka bersin qolgan suralarni ham so'zma so'z tarjima qilishingizni kutamiz
23 kishi bu sharhni foydali deb topgan
Buni foydasi tegdimi?
Hilol Nashr nashriyoti
6-aprel, 2024
Omin. Duo qilib turing, qolgan suralarning ham soʻzma-soʻz tarjimasi qoʻshiladi, inshaalloh.

Nima yangiliklar

1.2.6
oyatlarni tartib bilan yig'ish orqali bilimingizni sinab ko'rish imkoniyati qo'shildi.