Faylchi — fayllar bilan ishlashni osonlashtiradigan qulay vositalar to‘plami.
Ilova ichida:
• Hujjatlarni kamera bilan skanerlab, PDF saqlash
• Rasmlardan PDF yaratish
• PDF fayllarni birlashtirish va siqish
• DOC, DOCX, XLS va XLSX fayllaridagi o‘zbek matnini Lotin va Kirill yozuvlari orasida o‘girish
• Rasmlarni siqish va 3×4 formatga tayyorlash
• QR-kod yaratish va kamerada o‘qish
Ko‘plab amallar telefonning o‘zida bajariladi. Faylchi akkaunt talab qilmaydi va tanlangan hujjatlarni LineSoft serveriga yuklamaydi.
Faylchi bepul ishlaydi; ayrim joylarda reklama ko‘rsatilishi mumkin.
PDF, rasm, QR va o‘zbek matni bilan ishlash uchun qulay vositalar.