Saodat yoʼlining eng ulugʼ va eng soʼnggi rahbari, Olloh taoloning eng sevgili quli va elchisi hazrati Muxammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam (s.a.v.) janoblariiing goʼzal, barkamol, oʼrnakli hayotlarini butun borligʼicha aynan tasvirlash, ashobining unga nisbatan muhabbatini, vafodorlik tuygʼularini mukammal koʼrsatish, dushmanlarining kin va hasadga toʼla xatti-harakatlarini toʼlasicha ifodalab berish, fikrimizcha, hech bir insonning qoʼlidan kelmaydi. Masalan, Аbu Bakr hazratlarining Janobi Rasulullohga (s.a.v.) boʼlgan mehr-muhabbati, Аbu Jahldagi kin va hasad ummon kabi cheksiz-chegarasizdir. Hozirga qadar aytilgan gaplar ham, aytilajak gaplar xam shu ummondan bir necha qatradir, xolos.
Yuz yillarcha davom etgan tussiz, masʼuliyatsiz hayot, bu hayot ichidagi yaxshi-yomon, ibrat olish mumkin boʼlgan eʼtiqod, axloq, odat va anʼanalar... undan keyin ilohiy amr xilpiratgan Tavhid sanjogʼi va haq bilan botil orasida yuzaga kelgan buyuk kurash...
Qoʼlingizdagi kitob Sarvari anbiyo janoblariniig (s.a.v.) tugʼilishdan to oʼlimlariga qadar kechgan hayotlarini aks ettiradi. Undan keyingi — nubuvvat va risolat vazifasini olgandan to Parvardigoriga qovushgunlariga qadar oʼtgan vaqt «Saodat davri» deyiladi.