Pullim — pulingiz qayerga ketayotganini ko'rsatadigan oddiy ilova.
Har kuni bir necha marta ochiladigan ilova tez bo'lishi kerak. Pullim'da
yozuv qo'shish ikki teginish: summani yozasiz va kategoriyani bosasiz.
Tez-tez ishlatiladigan kategoriyalar o'zi yuqoriga chiqadi.
ASOSIY IMKONIYATLAR
• Kirim va chiqim — bir joyda, kategoriyalar bo'yicha
• Qarz hisobi — kimga qarzdorsiz va kim sizga qarzdor, alohida ko'rinadi
• Ikki valyuta — so'm va dollar, aralashtirmasdan
• Tahlil — hafta, oy va yil kesimida; qaysi kategoriyaga qancha ketgani
• Tarix — kun bo'yicha guruhlangan, qidiruv va filtrlar bilan
• Eksport — barcha yozuvlaringizni Excel yoki CSV faylida oling
INTERNETSIZ ISHLAYDI
Yozuvlar avval telefoningizga saqlanadi. Internet bo'lmasa ham ilova
to'liq ishlaydi — hamma narsa joyida turadi.
MA'LUMOTINGIZ YO'QOLMAYDI
Google hisobingiz bilan kirsangiz, yozuvlaringiz bulutga ko'chiriladi.
Telefon yo'qolsa yoki almashtirsangiz, hammasi qaytadi.
MAXFIYLIK
• Reklama yo'q
• Ma'lumotingiz sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi
• Yozuvlaringizni faqat siz ko'rasiz — ilova administratori ham kira olmaydi
• Hisobingizni istalgan payt butunlay o'chirishingiz mumkin
O'ZBEK TILIDA
Ilova o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi. Summalar so'mda —
tiyinsiz, ortiqcha nollarsiz.
Savol yoki taklif bo'lsa yozing: abdurahimsharipov086@gmail.com
Kunlik xarajat va daromadlaringizni oson yuriting. Internetsiz ham ishlaydi.