Tarix Test 6 — umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 6-sinf “Tarix” (Qadimgi dunyo tarixi) fani boʻyicha test dasturi. Testlar darslikdagi mavzular ketma-ketligiga moslangan: har bir mavzu uchun alohida test, boʻlim yakunida takrorlash testlari va qoʻshimcha savollar berilgan.
TEST BAZASI
• 5 ta boʻlim, 55 ta test, 825 ta savol
• I boʻlim — Eng qadimgi tuzum
• II boʻlim — Qadimgi Sharq va Oʻrta Osiyo
• III boʻlim — Qadimgi Yunoniston
• IV boʻlim — Miloddan avvalgi VI – milodiy III asrlarda Oʻrta Osiyo
• V boʻlim — Qadimgi Rim
• Har bir testda 15 ta savol, har bir savolda 4 tadan variant
IKKI XIL REJIM
• Oʻquv rejimi — javob belgilangan zahoti toʻgʻri javob koʻrsatiladi, ovozli hamda vibratsiyali javob qaytariladi
• Imtihon rejimi — toʻgʻri javoblar faqat test yakunida koʻrinadi, javobni oxirigacha oʻzgartirish mumkin
VAQT CHEGARASI
• Vaqt chegarasiz — test xohlagancha davom etadi
• Har bir savolga vaqt — vaqt tugasa, keyingi savolga oʻtiladi
• Butun testga umumiy vaqt — vaqt tugasa, test avtomatik yakunlanadi
• Bir savolga ajratiladigan soniyani oʻzingiz tanlaysiz
NATIJA VA XATOLAR TAHLILI
• Test yakunida foiz va 5 ballik tizimdagi baho (85% dan – 5, 70% dan – 4, 60% dan – 3)
• Xato javoblar roʻyxati: savol, siz belgilagan javob va toʻgʻri javob yonma-yon koʻrsatiladi
• Har bir test boʻyicha eng yaxshi natija saqlanadi, yangi rekord alohida belgilanadi
• “Natijalarim” boʻlimida umumiy progress, oʻrtacha natija, oʻtilgan testlar soni va boʻlimlar kesimidagi statistika
QULAYLIKLAR
• Internetsiz ishlaydi — barcha testlar dasturning oʻzida
• Roʻyxatdan oʻtish va hisob yaratish talab qilinmaydi
• Reklama yoʻq
• Variantlar har safar aralashtiriladi, savollar tartibini ham aralashtirish mumkin — javob yodlab olinmaydi
• Yorugʻ va qorongʻi rejim, tizim sozlamalariga moslashadi
• Sodda, tezkor va yengil interfeys
KIMLAR UCHUN
• 6-sinf oʻquvchilari — mavzuni mustahkamlash, nazorat ishi va imtihonga tayyorgarlik uchun
• OTM va litseylarga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun
• Oʻqituvchilar — darsda tezkor soʻrov va uyga vazifa sifatida
• Ota-onalar — farzandining bilimini nazorat qilish uchun
6-sinf tarix fanidan 55 ta test va 825 savol. Internetsiz, reklamasiz.