Trasso Pro

Content rating
Everyone
1+
Downloads
Content rating
Everyone
Learn more
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image

About this app

Trasso Pro — haydovchilar uchun ilova. Yo'lingizni daromadga aylantiring.

Trasso Pro shaharlararo qatnaydigan haydovchilar uchun. Marshrutingizni e'lon qiling — yo'lingiz ustidagi yo'lovchilar, pochtalar va yuklar o'zi taklif qilinadi. Bo'sh o'rindiq va bo'sh yuk joyi bekor turmaydi.

QANDAY ISHLAYDI

1. Ro'yxatdan o'ting va hujjatlaringizni yuklang
2. Mashinangizni qo'shing va tasdiqdan o'tkazing
3. Marshrutni e'lon qilib onlayn bo'ling
4. Taklif qilingan buyurtmalarni qabul qiling yoki Bozordan o'zingiz tanlang
5. Yetkazib bering va daromadni kartaga yechib oling

ASOSIY IMKONIYATLAR

🧭 Marshrut va buyurtma topish
• Marshrutni e'lon qiling — yo'nalishga mos buyurtmalar avtomatik keladi
• Bozor bo'limida yuk va yo'lovchi buyurtmalarini o'zingiz tanlang
• Qidiruv radiusini o'zingiz belgilang
• "Faqat mening yo'nalishim" filtri bilan keraksiz buyurtmalarni kesing
• Marshrutsiz ham ishlash mumkin — buyurtmani o'zingiz tanlaysiz
• Bitta safarda yo'lovchi, pochta va yukni birga tashish

🗺Safarni boshqarish
• Barcha bekatlar tartib bilan xaritada ko'rinadi
• Har bir bekat uchun manzil, kontakt va izoh
• Navigatsiya bilan yo'lni ko'rish
• Bekatni bajarilgan deb belgilash
• Pochtani tasdiqlash kodi bilan topshirish
• Mijoz bilan ilova ichida chat va qo'ng'iroq

💰 Daromad va hisob
• Bugungi daromad, buyurtmalar soni, km va onlayn vaqti bir ekranda
• Kun, hafta, oy va yil kesimida statistika
• Balans tarixi: har bir daromad va komissiya alohida ko'rinadi
• Naqd olingan pul ham umumiy daromadda hisobga olinadi
• Kartaga pul yechib olish va balansni to'ldirish
• Bir nechta karta qo'shish, asosiysini tanlash

📋 Hujjatlar va profil
• Shaxsiy hujjatlarni yuklab tasdiqdan o'tkazish (KYC)
• Mashina ma'lumotlari, hujjatlari va rasmlari
• Tekshiruv holati va rad etilgan bo'lsa — sababi
• Reyting va buyurtmalarni bajarish darajasi
• Yo'lovchi tariflari: Komfort, Biznes, Miniven va boshqalar

⚙️ Qulayliklar
• Push va SMS xabarlar, yangi taklif ovozi
• Ilova ekrani o'chiq bo'lsa ham yangi buyurtmalar keladi
• 4 til: o'zbek (lotin va kirill), rus va ingliz
• Face ID / barmoq izi va PIN-kod bilan ilovani qulflash
• 24/7 qo'llab-quvvatlash va Telegram orqali aloqa

KIMLAR UCHUN

• Shaharlararo qatnaydigan yengil avtomobil haydovchilari
• Yuk mashinasi egalari va tashuvchilar
• Yo'l davomida pochta olib o'tishga tayyor kuryer-yo'lovchilar
• Bo'sh o'rindiqni daromadga aylantirmoqchi bo'lgan har bir haydovchi

Ishlash uchun haydovchilik guvohnomasi, texnik pasport va hujjatlarni tasdiqlash talab qilinadi.

Joylashuv: buyurtmalarni topish va mijozga safaringizni jonli ko'rsatish uchun ilova ish vaqtida, shu jumladan fonda, joylashuvdan foydalanadi. Oflayn bo'lganingizda joylashuv yuborilmaydi.

Savol bormi? Ilovadagi "Yordam markazi" orqali biz bilan bog'laning.
Haydovchilar uchun: marshrut e'lon qiling, yuk va yo'lovchi toping.
Updated on
Sep 30, 2026
Featured stories

Data safety

Safety starts with understanding how developers collect and share your data. Data privacy and security practices may vary based on your use, region, and age. The developer provided this information and may update it over time.
  • This app may share these data types with third parties
    Location
  • This app may collect these data types
    Location
  • Data is encrypted in transit
  • You can request that data be deleted

What’s new

• Bozorda yangi "Telegram" bo'limi: guruhlardagi yuk va yo'lovchi e'lonlari yo'nalish, sana va vaqt filtri bilan
• E'lon qachon joylangani va qachon tugashi ko'rsatiladi
• Yangi taklif signali haydovchiga aniq yetib boradi
• Posilka yetkazish jarayoni tuzatildi
• Safar tugashi bilan GPS bildirishnomasi o'chadi
• Joylashuv ruxsati tushuntirish bilan so'raladi
• Barqarorlik yaxshilandi
Content rating
Everyone
Learn more

App support

About the developer
MRIT-01, MCHJ
dilshodahmedov26092000@gmail.com
83 Obod Maskan MFY Qorasuv district 100077, Samarkand Самаркандская область Uzbekistan
+998 88 264 00 11