So'nggi Chora

Contains ads
10K+
Downloads
Content rating
Everyone
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image
Screenshot image

About this app

Assalomu Alaykum.
Akbar Mirzo
So‘nggi chora (qissa)

Kechki ovqatdan so‘ng bolalar dars tayyorlashga kirib ketishgach, Malika erining yonida uzoq
qololmadi. Charchadim, deya yotog‘iga shoshildi.
Tashqaridagi chiroq nurlari ikkinchi qavatdagi xonalarga g‘ira-shira tushgani bois, yotoqxona
ichi xiragina yorishib turardi.
Ko‘zlarini yumdi. Shu ko‘yi ancha yotdi. Ammo uyqu qayoqda. Ko‘zlarini qandilga tikarkan,
yuragiga nechundir g‘ulg‘ula solgan, uni nogoh tashvishga qo‘ygan bugungi uchrashuv haqida
o‘ylay boshladi. Aslida bu o‘y tushdan keyin uni bir zum tark etmagan, hozirgina eri bilan
xontaxta atrofida yolg‘iz qolishganida ham xayolida edi. Eri nechundir bir-ikki qarab qo‘yganda
beixtiyor bezovtalanib qoldi. Yana ozgina o‘tirsa xuddi ish haqida so‘z ochilib qoladiganday,
bugungi kuni qanday o‘tganini so‘rab-surishtiradiganday charchaganini ro‘kach qilib o‘rnidan
turdiyu dasturxonni yig‘ishtira boshladi.
Tan olmay iloji yo‘q. Bu kutilmagan uchrashuv uni ancha shoshirib qo‘ydi. Institutda birga
o‘qishgan, ammo o‘n uch yildan buyon biror marta ham ko‘rinmagan Bahrom ismli yigit xuddi
shu bugun – tushdan keyin to‘ppa-to‘g‘ri xonasiga kirib kelsa-ya! Yuragi «shig‘» etib, qo‘rqib
ketdi, lekin buni sezdirmaslikka harakat qildi. Taajjubga tushdi, hayron ham bo‘ldi, ammo tezda
o‘zini qo‘lga olarkan, sovuqqina qarshiladi. Biroq qo‘l uzatib ko‘rishayotganida barmoqlari
bilinar-bilinmas titraganini sezdi, joyiga o‘tirib stoli ustidagi kichkina dumaloq ko‘zguga ko‘z
qirini tashlaganda esa rangi ham bir oz oqargan ekan. Ichki qo‘rquvni yengib, eski tanishiga
qararkan butunlay xijolatga tushib qoldi: chanqoqdan sillasi qurigan yo‘lovchi, nogoh bir
xo‘plam suvni ko‘rib tashnaligini tezroq qondirmoq uchun unga bor vujudi bilan talpinganday,
Bahrom ham joyida o‘tirolmas, tinmay yoniga kelishga intilar, ko‘zlari chaqnagan bu odam
qo‘yib bersa, hech narsadan tap tort-may, uni bag‘riga bosgudek his-hayajonda edi. Buni sezgani
uchun ham xavotirga tushdi. Indamay kelib shart o‘pib olganda nima bo‘lardi? Xuddi shu
holatga birortasining ko‘zi tushib qolganda-chi?
Malika, balki bu narsalar haqida o‘ylamaslik kerakdir deganday, yostig‘ining ostidan kecha sotib
olgan «Hazrati ayol» nomli kitobni oldi. Lekin uni o‘qish uchun chiroqni yoqish kerak edi.
Turishga erindi. Narigi xonaga quloq tutdi. Bolalar yo mukkasidan ketib dars tayyorlashyapti
yoki jimgina o‘tirib shohmot o‘ynashyapti. Uncha katta bo‘lmagan oshxonada esa eri hamon
televizor ko‘ryapti shekilli, qandaydir futbol o‘yinining shovqini eshitilib turardi.
«Yo‘q, yaxshilab o‘ylab olishim kerak. Agar u tentak ertaga yana keladigan bo‘lsa, orani ochiq
qilmasam bo‘lmaydi, – Malika eshik tomonga bir qarab qo‘ydi-da xayolidan kechayotgan
fikrlarni quvib yetdi. – Bunaqada odamni sharmanda qilishi hech gapmas.
Updated on
Oct 29, 2023

Data safety

Safety starts with understanding how developers collect and share your data. Data privacy and security practices may vary based on your use, region, and age. The developer provided this information and may update it over time.
No data shared with third parties
Learn more about how developers declare sharing
No data collected
Learn more about how developers declare collection

What's new

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.