Bolalar kasalliklari va ularni

Contiene anuncios
50 k+
Descargas
Calificación del contenido
Apto para todo público
Imagen de la captura de pantalla
Imagen de la captura de pantalla
Imagen de la captura de pantalla

Acerca de esta app

Bolalar kasalliklari - asosan bolalar orasida uchraydigan yoki bolalik davrida oʻziga xos kechadigan kasalliklar guruhi.
Bolaning rivojlanish xususiyatlariga koʻra ona qornida oʻsish davri, chaqaloqlik davri, bola tugʻilgandan keyingi (4 hafta), emizikli davri (bir yoshgacha), yasli davri (Z yoshgacha), maktabgacha ghak yrakhra (i), yoki balogʻatga yetish davri (18 yoshgacha) farq qilinadi. Ona qornida oʻsish davri bolaning shakllanishida muhim rol oʻynaydi; homiladorlik davridagi zararli omillar (kasalliklar, intoksikatsiyalar, turmush va ovqatlanish sharoitining kamkoʻstligi, dori-darmonlar taʼsiri) onagagina emas, qornidagi homilaning oʻsishi va rivojlanishiga ham taʼsir etadi. Bu davrda koʻproq tugʻruq vaqtidagi zararlanishlar (asfiksiya, shikastlanishlar, falajlar, stafilokokk infeksiyalar) kuzatiladi. Chaqaloqlar ayrim infeksion kasalliklarga tug'ma chidamli bo'ladi, biroq ularga (ayniqsa, chala tug'ilgan bolalarga) yiringlatuvchi mikroblar avvalo, stafilokokklar tez ta'sir qilib, kindik jarohatining yiringli yallig'lanishiga, chilla yaraga va hatto chaqaloklar sepsisi kabi og'ir kasallikka sabab bo'ladi. Bu davrda zotiljam jamón xavfli kasallik hisoblanadi. Emizikli davrida bola ovqatning oʻzgarishiga moslanishi ancha qiyin, uni notoʻgʻri ovqatlantirilganda meʼdaichak buzilishlari (diareya, ichak infeksiyalari va boshqalar), moddalar almashinuvining buzilishi kuzatiladi. Bu davrda nafas va hazm aʼzolarining kasalliklari ogʻir oʻtadi; bolani notoʻgʻri ovqatlantirish, sof havo va quyosh nuridan yetarli bahramand etmaslik natijasida raxit avj oladi, diatez, spazmofiliya botbot uchraydi. Yasli yoshidagi va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oʻz tengqurlari bilan oʻynab yurgan chogʻida koʻkyoʻtal, qizamiq, difteriya, tepki va boshqa yuqishi mumkin. Bundan tashqari, onasidan oʻtgan immunitetning kuchi yoʻqoladi. Shuning uchun bu davrda bolalar emlanib (vaksinatsiya), inmunitet vujudga keltiriladi. Maktab yoshidagi bolalarda yuqumli kasalliklar koʻproq uchraydi. Emizikli bola koʻkyoʻtal va qizamiq bilan ogʻriganda koʻpincha oʻpkasi ham yalligʻlansa, maktab yoshidagi bolalarda bu kasalliklar aksari asoratsiz oʻtadi (oʻpka yalligʻlanmaydi). Boshlangʻich maktab yoshidagi bolalarda angina, yurak va buyrak kasalliklari, shuningdek allergik kasalliklar koʻproq uchraydi. Kattaroq bolalarda va oʻsmirlik (balogʻatga yetish) davrida yuraktomir, nerv va endokrin sistemalar (ichki sekresiya bezlari) faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi. Sof havodan yetarli bahramand boʻlmaydigan, sport bilan shugʻullanmaydigan, kun tartibiga rioya qilmaydigan oʻquvchilarda bu sistemalar koʻproq kasallanadi. Demak, Bolalar kasalliklari ning turli shakllari organmning chidamliligiga, yuqumli kasalliklarga qarshilik koʻrsatish kuchiga, bolaning yoshiga bogʻliq. Har bir kasallik, u qanday boʻlishidan qatʼi nazar (yuqumli yoki yuqumsiz) jismonan barkamol, sogʻlom bolada yengilroq, ozgʻin, nimjon bolada esa ogʻirroq oʻtadi. Bir xil mikrob qoʻzgʻatgan kasallik bolaning turli yoshida turlicha kechadi. Bolalar kasalliklari ning oldini olishda bola organmining oʻziga xos xususiyatlari koʻzda tutiladi. Emizikli davrda ona suti eng maqbul oziq boʻlib, bolani qoʻshimcha ovqatlantirish zaruriyati boʻlganda faqat vrach (pediatr) bilan maslahatlashib olish kerak. Goʻdaklarni sut oshxonalari orqali ovqatlantirishning toʻgʻri tashkil qilinishi katta ahamiyatga ega. Bolalar kasalliklari qancha barvaqt aniqlanib, vaqtida davolansa, asorati qolmaydi. Buning uchun kattalar va otaonalar Bolalar kasalliklari ning oldini olish usullarini va dastlabki belgilarini bilishlari, bolada kasallikka xos biror alomat sezganda darhol vrachga murojaat etishlari zarur.
Actualización
18 oct 2023

Seguridad de los datos

El primer paso de la seguridad es comprender cómo los desarrolladores recopilan y comparten tus datos. Las prácticas de privacidad y seguridad de datos pueden variar en función del uso de la app, la región y la edad. El desarrollador proporcionó esta información y podría actualizarla con el tiempo.
No se comparten datos con terceros
Más información sobre cómo los desarrolladores declaran el uso compartido
No se recopilan datos
Más información sobre cómo los desarrolladores declaran la recopilación
Los datos están encriptados en tránsito
No se pueden borrar los datos

Novedades

Bolalar kasalliklari va ularni davolash