Istig‘forning 40 xosiyati
Muallif: Ziyovuddin Rahim
Mehribon Parvardigorimiz Alloh taologa behisob hamdu sanolar aytamiz. Muallim Payg'ambarimiz Muhammad Mustafoga, u zot oila a'zolariga, sahobalariga salavotlar, salomlar yo'llaymiz.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qilganlar: “Kimda-kim ko'p istig'for aytsa, Alloh o'sha (banda) uchun har qanday g'am-tashvishdan qutulish, tanglikdan chiqish yo'lini (paydo) qiladi, uni o 'zi o'ylamagan tomondan rizqlantiradi”.
Nabiy alayhissalom bizni istig‘for aytishga buyurganlar, bu borada o‘zlari o‘rnak bo‘lganlar.
Rivoyatlarda kelishicha, u zot bir kunda 100 marta istig‘for aytardilar.
Ma'lumki, o'tmishda o'tgan ulug' zotlar, aziz avliyolar, solih kishilar ham istig' para aytishgan.
Cero, istig'forning xosiyati ko'p. Jumladan, istig'for aytsak, gunohlarimiz kechiriladi, ustimizga xayr-baraka yog'iladi, ne'matlar ziyoda bo'ladi, g'am-tashvishlar ariydi, qalbimiz poklanadi.
Qolaversa, istig‘for bilan el-yurtimiz tinch-omon, sog‘lig‘imiz mustahkam bo‘ladi, bog‘-rog‘lar totli mevalar bilan to‘ladi, ariqlarda zilol suvlar oqib turadi, hayotimizga fayz-baraka kiradi.