소즈보시
Ko'hna davrlarning insonlari bilan o'zimizni solishtirsak, maqtashga arzigulik hech
narsamiz yo'qligiga guvoh bo'lamiz.
Ulardan ortiqroq o'ldiryapmiz!
Ulardan ko'proq janjal ko'taryapmiz!
Ulardan ancha qoloqmiz!
Boshqa dinlarning vakillari, yaʼni butun dunyo bilan aslida qarindoshmiz. 바리미스
ilk insonning avlodlarimiz. 순데이 에칸, qaysi dinga eʼtiqod qilishimizdan
카티 나자르, bir -birimizga tuhmat toshlarini otmasligimiz, bir -birimizga g'ov
bo'lmasligimiz, boshqalarning yashash huquqini cheklamasligimiz darkor.
Bir xalqning uch-to'rt vakili xatoga yo'l qo'ysa va bu xatoning badali butun boshli
xalqdan so'raladigan bo'lsa, insoniylikdan og'iz ochish mumkinmi?..
Boshqa dinlarning vakillari bilan bir ota-onadan tarqalganmiz. 비르-비리미즈니
o'z dinlarimizga chaqirishimiz mumkin, biroq bu chaqiriq javobsiz qolsa, bir -
birimizni shundoqligimizcha qabul qilishga majburmiz.
Bu kitobni o'qib bitirmay turib u haqida fikr bildirish uchun yo noxolis, yoki johil
bo'lish 케락...
* * *
Bizga qilingan haqoratlar uchun o'ch olishni o'ylamay, qiziquvchilarga foydasi tegar
degan ilinjda “Nasroniy atirguli”ni qalamga oldim.
Baʼzi do`stlarim o`qib ko`rishdi, “Bu roman mavzu nuqtai nazaridan yangilik
bo'libdi", – deya fikr bildirishdi. Buni ezgu tilak sifatida qabul qilib,
do'stlarimga tashakkur izhor etaman.