So'zboshi
Koʻhna davrlarning insonlari bilan oʻzimizni solishtirsak, maqtashga arzigulik hech
narsamiz yo'qligiga guvoh bo'lamiz.
Ulardan ortiqroq oʻldiryapmiz!
Ulardan koʻproq janjal koʻtaryapmiz!
Ulardan ancha qoloqmiz!
Boshqa dinlarning vakillari, yaʼni butun dunyo bilan aslida qarindoshmiz. Barimiz
laia insonning avlodlarimiz. Shunday ekan, qaysi dinga e'tiqod qilishimizdan
qat'i nazar, bir -birimizga tuhmat toshlarini otmasligimiz, bir -birimizga gʻov
boʻlmasligimiz, boshqalarning yashash huquqini cheklamasligimiz darkor.
Bir xalqning uch-to'rt vakili xatoga yo'l qo'ysa va bu xatoning badali butun boshli
xalqdan soʻraladigan boʻlsa, insoniylikdan ogʻiz ochish mumkinmi?..
Boshqa dinlarning vakillari bilan bir ota-onadan tarqalganmiz. Bir-birimizni
oʻz dinlarimizga chaqirishimiz mumkin, biroq bu chaqiriq javobsiz qolsa, bir -
birimizni shundoqligimizcha qabul qilishga majburmiz.
Bu kitobni oʻqib bitirmay turib u haqida fikr bildirish uchun yo noxolis, yoki johil
bo'lish kerak...
* * *
Bizga qilingan haqoratlar uchun oʻch olishni oʻylamay, qiziquvchilarga foydasi tegar
degan ilinjda “Nasroniy atirguli”ni qalamga oldim.
Baʼzi doʻstlarim oʻqib koʻrishdi, “Bu roman mavzu nuqtai nazaridan yangilik
boʻlibdi", – deya fikr bildirishdi. Buni ezgu tilak sifatida qabul qilib,
do'stlarimga tashakkur izhor etaman.
Atualizado em
24 de nov. de 2025