Mom+ — homiladorlik davri, chaqaloq parvarishi va bola rivojlanishi uchun o'zbek tilidagi bepul dastur. Homilador ayollar va 0–3 yoshli bolalar onalari uchun: homiladorlik kalendari, shifokorlar tayyorlagan video darslar, kasallik belgilari bo'yicha yo'riqnoma va 24/7 AI yordamchi — barchasi bitta ilovada.
🤰 HOMILADORLIK DAVRI
📅 Homiladorlik kalendari (taqvimi): haftama-hafta
Homiladorlik muddatingizni kiriting — Mom+ hozir nechanchi haftada ekaningizni va taxminiy tug'ruq sanasini avtomatik hisoblaydi. Homiladorlik kuzatuvi har kuni bir joyda: tug'ruqqacha necha kun qolganini bilib boring.
🍋 Homila rivojlanishi har hafta:
Har hafta homila qanday rivojlanayotgani, uning taxminiy o'lchami va qaysi mevaga o'xshashini bilib oling. Homiladorlik davrida organizmingizdagi o'zgarishlar va shu haftada nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida tushunarli ma'lumot.
🌡 Homiladorlik belgilari:
Qachon kutish, qachon shifokorga borish kerak. Ko'ngil aynishi, holsizlik, uyqu va boshqa ko'p uchraydigan belgilar bo'yicha yo'riqnoma. Homilador ayollar uchun ovqatlanish va kundalik hayot bo'yicha shifokorlar tavsiyalari.
👶 CHAQALOQ PARVARISHI VA BOLA RIVOJLANISHI (0–3 YOSH)
📈 Bola rivojlanishi oyma-oy
"Bu yoshda nimalar normal?" degan savolga aniq javob: farzandingiz yoshiga mos rivojlanish bosqichlari, har hafta va har oy uchun tavsiyalar.
🍼 Chaqaloq parvarishi o'zbek tilida
Emizish, chaqaloq uyqusi, qo'shimcha ovqat, tish chiqishi, isitma va kolika bo'yicha tushunarli maslahatlar. Onalik maktabi
🩺 Kasallik belgilari bo'yicha yo'riqnoma
Toshmalar, ko'p yig'lash, ovqatlanish va uyqu muammolari kabi belgilar: qaysi holatda uyda kuzatish mumkin, qachon shifokorga murojaat qilish kerak.
🧩 Rivojlantiruvchi o'yinlar
Bolangiz yoshiga mos 200 dan ortiq mashg'ulot: mayda va yirik motorika, sezgi va tafakkurni rivojlantirish. Uy sharoitida oson bajariladi.
🎥 300+ SHIFOKOR VIDEO DARSLARI
Homiladorlik maktabi va onalar maktabi. Homiladorlik davri va chaqaloq parvarishi bo'yicha video darslarni shifokorlar JSST (WHO), SSV, CDC, NHS va AAP tavsiyalari asosida tayyorlagan.
🤖 MOM+ AI YORDAMCHI — 24/7
Homiladorlik yoki farzandingiz haqidagi savolni o'zbek tilida yozing. 300 000 dan ortiq savol-javobga asoslangan AI yordamchi bir necha soniyada muloyim va tushunarli javob beradi. Xavfli belgilar bo'lsa, shifokorga murojaat qilishni tavsiya qiladi.
🧰 FOYDALI VOSITALAR
- Homiladorlik kalendari va tug'ruq sanasini hisoblash
- Bola bo'yi, vazni va bosh aylanasini kuzatish
- Emlash kalendari (vaksinatsiya jadvali)
- Dori ichish eslatmalari
- Tahlil natijalarini oddiy tilda tushuntirish
- Autizm belgilari bo'yicha so'rovnoma
- Onalar uchun kundalik
- Bolalar uchun foydali mahsulotlar
👩 ONALAR HAMJAMIYATI
Boshqa homilador ayollar va yosh onalar bilan savol-javob qiling, tajriba almashing.
MOM PLUS KIMLAR UCHUN?
• Homilador ayollar va birinchi marta ona bo'layotganlar
• Homiladorlik davrini haftama-hafta kuzatmoqchi bo'lganlar
• Chaqaloq parvarishi bo'yicha ishonchli ma'lumot izlayotgan yosh onalar
• 0–3 yoshli farzandining rivojlanishini kuzatmoqchi bo'lgan ota-onalar
• O'zbekistonda va xorijda yashovchi, o'zbek tilida so'zlashadigan har bir ona
NEGA AYNAN MOM+?
• Homiladorlik davri va chaqaloq parvarishi — bitta dasturda
• To'liq o'zbek tilida
• Homiladorlik maktabi va onalik maktabi: shifokorlar tayyorlagan 300+ video dars
• 24/7 AI yordamchi
• 100 000 dan ortiq onalar ishonchi
• Bepul va reklamasiz
2026-yil uchun yangilangan homiladorlik dasturi (programmasi) — Mom+ (MomPlus) ni hoziroq yuklab oling.
Mom+ — хомиладорлик даври, чакалок парвариши ва бола ривожланиши учун узбек тилидаги дастур.
Eslatma: Mom+ dagi ma'lumotlar, so'rovnomalar va AI javoblari tavsiya xarakterida bo'lib, tashxis qo'ymaydi va shifokor ko'rigi o'rnini bosa olmaydi.
Homiladorlik davri, chaqaloq parvarishi va bola rivojlanishi. Bepul va o'zbekcha