Uzum Nasiya: muddatli to'lov

4.2
7,08 K opiniones
1 M+
Descargas
Calificación del contenido
Para mayores de 3 años
Imagen de la captura de pantalla
Imagen de la captura de pantalla
Imagen de la captura de pantalla
Imagen de la captura de pantalla
Imagen de la captura de pantalla

Acerca de esta app

Uzum Nasiya – 12 oygacha muddatli to'lov xizmati.

Uzum Nasiya xizmati o‘z foydalanuvchilariga tovar va xizmatlarni onlayn va oflayn turdagi hamkor nuqtalarda 12 oygacha muddatli to'lovga xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi. Foizlar, jarimalar yoki kechikish to'lovlari yo'q!

Siz bir necha daqiqada doʻkonlar va hamkor savdo nuqtalarida xaridlarni amalga oshirishingiz va ular uchun boʻlib-boʻlib toʻlashingiz mumkin - dastlabki toʻlovsiz, qolgan toʻlovlar esa koʻrsatilgan kartadan avtomatik tarzda yechib olinadi. Muddatli to‘lov (nasiya) foydalanuvchilar uchun 3, 6 va 12 oyga dastlabki to‘lovsiz mavjud.

Kiyim, poyabzal, kosmetika, parfyumeriya va boshqa koʻplab xizmat koʻrsatuvchi hamkorlarning oflayn va onlayn doʻkonlarida Uzum Nasiya bilan xaridlar uchun toʻlashingiz mumkin.
Hamkorlarimiz orasida Why Music, 1fit, Mi-store, Idea, lg, Elmakon, Just, Mediapark, Goodzone kabi yirik brendlar bor.

Tovarlarni Uzum Marketda nasiyaga sotib olishingiz ham mumkin: toʻlov usulida “Uzum Nasiya muddatli to'lovi”ni koʻrsatib, 3, 6 yoki 12 oylik muddatni tanlang.

Ro'yxatdan o'ting va 25 000 000 so'mgacha limitlarni oling

Veb-sayt yoki ilovada tezlashtirilgan ro'yxatdan o'tishni amalga oshiring. Buning uchun sizga faqat pasport yoki ID-karta va bank kartasi kerak bo'ladi. Keyin esa, O‘zbekiston bo‘ylab 25 000 000 so‘mgacha bo‘lgan limit bilan kerakli tovar va xizmatlarni muddatli to'lovga olish imkoniyati ochiladi:

To'lovni amalga oshirish uchun qulay tizim

Uzum Nasiya boʻyicha toʻlovni Oʻzbekistondagi istalgan bank kartasi orqali amalga oshirishingiz mumkin. To'lov tizimlari orqali to'lov qilish imkoniyati ham mavjud. Sizga qulay bo'lganini tanlang: Payme, Click, Uzum Bank, Paynet.

O‘zbekiston bo‘ylab 5000 dan ortiq hamkor nuqatalari

Uzum Nasiya qayerda ishlayotganini ko'ring va yangi hamkorlar paydo bo'lishini kuzatib boring. Hamkorlarimiz orasida:

- Kosmetika va parfyumeriya do'konlari;

- O'quv markazlari;

- Uzum Market;

- Qurilish materiallari, avtotovar do'konlari;

- Aksessuarlar, kiyim-kechak va poyabzal do'konlari;

- Mebel, maishiy texnika va elektronika shourumlari.

Shaffof muddatli to'lov xizmati

Bizning muddatli to'lov xizmatimizda dastlabki to‘lov yo‘q, kechiktirilgan to‘lovlar uchun jarima yoki penya olinmaydi. Uzum Nasiya orqali mahsulot yoki xizmatni nasiyaga xarid qilayotganda siz oylik va umumiy to‘lov miqdori, shuningdek, to‘lov muddatini aniq bilasiz. Shartlar shaffof va shartnoma oxirigacha o'zgarishsiz qoladi.

Onlayn qo'llab-quvvatlash markazi

Savollaringiz bo'lsa https://t.me/UzumNasiyaBot qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing yoki +998787771515 raqamiga qo'ng'iroq qiling - biz har kuni soat 09:00 dan 22:00 gacha aloqadamiz.
Actualización
3 jun 2024

Seguridad de los datos

El primer paso de la seguridad es comprender cómo los desarrolladores recopilan y comparten tus datos. Las prácticas de privacidad y seguridad de datos pueden variar en función del uso de la app, la región y la edad. El desarrollador proporcionó esta información y podría actualizarla con el tiempo.
No se comparten datos con terceros
Más información sobre cómo los desarrolladores declaran el uso compartido
Es posible que esta app recopile estos tipos de datos
Información personal, Información financiera y 2 más
Los datos están encriptados en tránsito
Puedes solicitar que se borren los datos

Calificaciones y opiniones

4.2
7,03 K opiniones

Novedades

В этом релизе обновили внешний вид Главной, чтобы вам было красиво и удобно и исправили мелкие ошибки