Mobirex — O'zbekistondagi telefon do'konlari uchun maxsus yaratilgan CRM/ERP tizimi.
NIMA UCHUN KERAK
Ko'p do'konlarda savdo va qarz daftar, Excel yoki Telegram orqali yuritiladi.
Natijada: kim nima sotdi noaniq, qaysi filialda qancha pul qoldi bilinmaydi,
qarzlar chalkashadi, oy oxirida foyda hisoblanmaydi.
Mobirex shu ishni tartibga soladi.
MAHALLIY DO'KON ISHIGA MOSLANGAN
Bu umumiy ombor dasturi emas. Tizim aynan O'zbekiston telefon do'konlarining ish
uslubiga qurilgan:
- Mijoz qarzi — do'konlarimizda odat bo'lgan "biz berdik / biz oldik" yo'nalishi bilan
- To'lanmagan qarz oy yopilganda keyingi oyga o'zi ko'chadi, qoldiq bilan
- Har oy avtomatik yopiladi: sotilmagan telefon keyingi oyga o'tadi, o'tgan oy
hisoboti muzlatiladi va boshqa o'zgarmaydi
- Kapital oyiga bir marta tikiladi, aylanma pul har amaldan keyin o'zi qayta hisoblanadi
- Har bir filial alohida yuritiladi, xodim faqat o'z filialini ko'radi
- Barcha interfeys o'zbek tilida
ROLLAR
Do'kon egasi — barcha filial va xodimlarni bir joydan ko'radi
Sotuvchi — o'z filialidagi savdo, qarz va harajat bilan ishlaydi
IMKONIYATLAR
- Telefon savdosi: qo'shish, sotish, qaytarish, foyda hisobi
- Sotilmagan telefonlar: oy bo'yicha filtr bilan
- Qarzlar: berilgan va olingan, qisman to'lov va to'lov tarixi bilan
- Harajatlar: kunlik harajatlarni qayd etish
- Oylik: xodimlarga berilgan maoshni yozib borish
- Kapital: tikilgan mablag' va aylanma pul nazorati
- Hisobot: oylik tushum, foyda, harajat va sof foyda
- Audit jurnali: kim, qachon, qaysi amalni bajargani yozib boriladi
- O'chirilganlar: o'chirilgan yozuvlar yo'qolmaydi, alohida ekranda ko'rinadi
HISOB OCHISH
Ommaviy ro'yxatdan o'tish yo'q — har bir hisob aniq do'konga, uning filiallari va
xodimlariga bog'lanadi. Hisob ochish uchun kirish sahifasidagi "Bog'lanish" orqali
telefon raqamingizni qoldiring, biz siz bilan bog'lanamiz.
Yordam: https://mobirex.uz/support
Maxfiylik siyosati: https://mobirex.uz/privacy
Hisobni o'chirish: https://mobirex.uz/account-deletion
Mobirex — telefon do'koni uchun CRM va ERP tizimi. Do'kon savdosi, mijoz qarzi
va nasiya daftari, kunlik harajat, xodim oyligi, kapital va aylanma pul nazorati,
oylik hisobot. O'zbekiston do'konlari uchun, o'zbek tilida.
Telefon do'koni uchun savdo, qarz va kapital nazorati